Mourinyo klublari ilk marta bunday yomon natija qayd etdi

Mirjalol Normatov
14 fev 2021, 10:10
"Tottenxem" APLning 24-turi doirasida "Manchester Siti" maydonida yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu mag'lubiyat "shporlar" uchun ketma-ket ikkinchisi bo'ldi. 10 fevral kuni jamoa Angliya Kubogi doirasida "Everton"ga 4:5 hisobida yutqazib qo'ygandi.

2000 yildan buyon bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Joze Mourinyoning jamoasi ilk marta ketma-ket ikki o'yinda 8 gol qo'yib yubordi.

"Tottenxem"ning navbatdagi bahsi Yevropa ligasi doirasida "Volfsberg"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal