Mourinyo: "Keyxill asosiy o'yinchiga aylansa Terri yoki Luis zaxirada qoladi"

Tolibjon Qosimov
19 okt 2013, 10:27
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo Gari Keyxillga asosiy tarkibga kirish uchun imkon berishini ma'lum qildi.
"Odatda o'ziga haddan tashqari ishonib yuborish o'yinda pasayishni yuzaga keltiradi, bu holat Branislav Ivanovich bilan sodir bo'ldi, ammo hozir barchasi joyida.

"Keyxill Angliya terma jamoasi safida JCH-2014ga bormoqchi. Shu bois men unga imkon beraman. O'z o'yini bilangina asosiy tarkib o'yinchisi ekanini isbotlay olishi mumkin. Shunday bo'lsa men Jon (Terri) yoki David (Luis)ni zaxirada qoldiraman.

Futbolchi termaga chaqiruv olmasa bundan xafa bo'ladi, shu bois mening barcha shogirdlarim o'z termalari safida o'ynashlari uchun imkon beraman". 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru