Mourinyo faoliyatida 6-marta evrokubok finaliga chiqdi. U finalda hech qachon yutqazmagan

Narzulla Saydullayev
19 may 2023, 07:41
Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatida 6-marta o'z jamoasini evrokubok finaliga olib chiqdi.

Yevropa ligasi yarim finalida "Roma" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Bayer"ni taslim qildi (1:0, 0:0) va finalga chiqdi.

Portugaliyalik murabbiy faoliyatida 6-marta evrokubok finaliga chiqdi. Bungacha murabbiy finallarda yutqazmagan – Mourinyo "Portu" bilan UEFA kubogi va Chempionlar ligasi, "Inter" bilan Chempionlar ligasi, "Manchester Yunayted" bilan Yevropa ligasi va "Roma" bilan Konferenciyalar ligasida g'olib bo'lgan.

Yevropa ligasi finali 31 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi. Unda "Roma" "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Squawka