Mourinyo: Diego Kosta ketma-ket uchta o'yinda o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2014, 07:57
Chelsi ustozi Joze Mourinyo Shalke-04ga qarshi o'tgan o'yindan so'ng (1:1) nima uchun Diego Kostani faqatgina zaxiradan tushirganini aytib berdi.
Kostada muammolar bor va hozirda ketma-ket uchta o'yinda maydonga tusha olmaydi. Unda tiklanish uchun bir hafta muddat bo'lganida asosiy tarkibda o'ynardi. Shanba kungi o'yindan so'ng 3 kun juda kam edi.

Bugun Kosta to'liq o'ynay olmasdi, yakshanbaga tayyor bo'lishi kutilmoqda. Navbatdagi chorshanbaga ham tayyor bo'la olmasa kerak, shu bois vaziyatdan chiqish haqida o'ylayapman, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru