Mourinyo: "Chex APLning boshqa jamoasiga o'tmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
9 may 2015, 00:00
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Petr Chexni APLning boshqa jamoasiga sotmasligini aytib o'tdi.
"Agar barcha narsa menga bog'liq bo'lsa Chexni qoldirgan bo'lardim. Uning istagiga qaramasdan ham. O'ylaymanki, kuchli klub uchun ikki nafar yaxshi posbon kerak. Chexsiz chempion bo'la olmasdik. U bizga katta yordam berdi.

Men uchun uning qolgani yaxshi. Agar u ketsa ham ingliz klubiga o'tmaydi. Men uning boshqa APL jamoasiga o'tishini istamayman", - deydi "Chelsi" bosh murabbiyi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru