Mourinyo: “Ayaks” YCHLda g'olib chiqish imkoniyatiga ega”

11 apr 2019, 19:43
MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Ayaks”ning YCHL g'olibligi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Shunday jamoalar borki, ular doim ma'lum mas'uliyatni his qilib maydonga tushishadi. Ayniqsa, ular boy tarixga ega bo'lishsa... “Barselona”, “Bavariya” va barcha ingliz jamoalari ushbu musobaqada faqat sovrindor bo'lish uchun ishtirok etishmoqda. “Ayaks” haqida hech kim o'ylamayapti. Ammo gollandiyaliklar ayni paytda bu sovrin uchun kurashda davom etishmoqda va ularda ham ko'hna qitaning eng muhim musobaqasida g'olib chiqish imkoniyati mavjud. Ular “Yuventus”ga qarshi ortiqcha bosimlarsiz harakat qilishib, aslida nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishdi. Takidlash joizki, “Ayaks” futbolchilari so'nggi mavsumlarda natijalarini ancha yaxshilab kelishmoqda. Jamoa tarkibida yuqori saviyadagi ijrochilar yetishib kelmoqda”, deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “RT na russkom” nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: "RT на русском"