Mourinyo agar iste'foga chiqarilsa 30 million funt oladi
Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2015, 20:28
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo agar "Chelsi"dan xaydaladigan bo'lsa, 30 million funtni qurtday sanab oladi, deya xabar qilmoqda "The Independent".
Portugaliyalik murabbiyning "Chelsi" bilan shartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan.
Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda, murabbiy agar "Liverpul"ga qarshi o'yinda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasa iste'foga chiqariladi.