Morata: "Yuventus"ga bo'lgan hurmatim tufayli hech qachon "Napoli"ga o'tmagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016, 14:00
"Real" hujumchisi Alvaro Morata "Yuventus"dan Madrid klubiga qaytishi haqida gapirib berdi.

"Yuventus"ni tark etish juda og'ir bo'ldi, ammo bu futbol. "Yuve" - mening ikkinchi uyim va men "Real"ga qarshi boshqa barcha bahslarda ular g'alaba qozonishini tilayman. "Real"dagilar meni qaytarmoqchi bo'lishdi, kamina professional. Ammo A Seriyada Italiyaning eng yaxshi klubida o'ynadim. "Napolii" vakillari agentim bilan bog'lanishdi, ammo "Yuventus"ga bo'lgan hurmatim tufayli hech qachon u erga o'tmagan bo'lardim" - deydi Morata.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia