

Kondicioner tufayli Ispaniya terma jamoasining bir qator o'yinchilari shamollab qoldi.
"Qizil furiya" musobaqadagi ilk o'yinida mazkur o'yinchilarning xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin. So'nggi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan Alvaro Morata ham o'sha kasallangan 7 talik ichida.
Ispaniyaliklar Jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvlarini 23 noyabrda Kosta-Rikaga qarshi o'tkazishadi. Ular Yaponiya va Germaniya termalari bilan bir guruhda kurash olib borishadi.



