Morata: "Real"da etiroz bildirish uchun o'ynamayapman"

Aslanov Jasurbek
6 apr 2017, 12:12
"Real" hujumchisi Alvaro Morata "Leganes"ga qarshi bahsdan (4:2) so'ng, har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmayotganidan xafa emasligini aytdi.

"O'zimni "Real"da yaxshi his qilyapman va bu asosiysi. Ayni damda keyingi mavsum haqida o'ylayotganim yo'q. Hozir muhimi - mavsumning qolgan uchrashuvlari. "Real"da etiroz bildirish uchun emas, balki mehnat qilib, jamoaviy muvaffaqiyatlarni nishonlash uchun o'ynayapman" - deydi Morata.

Morata joriy mavsum LaLiganing 20 ta uchrashuvida 11 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca