Morata nega "Chelsi"ni tanlagani haqida gapirib berdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2017, 14:03
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi, "Real"dan "Chelsi"ga o'tishga tayyorgarlik ko'rayotgan Alvaro Morata nega bu ingliz klubini tanlagani haqida gapirib berdi.

"Menga ko'proq ishonch bildirgan murabbiy boshqaradigan jamoani tanladim. Bu men uchun juda muhim. Konte bilan suhbatlashishga ham ulgurdim" - deydi Morata.

So'nggi mavsum 24 yoshli futbolchi "Real" safida LaLiganing 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS