Morata bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik forvard ayni damda Madridda. U bugun, 27 yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va shunday so'ng ijara shartnomasiga imzo chekadi.

Oldinroq, Madrid klubi 54 mln. evroga sotib olish huquqi bilan futbolchini ijaraga olishi e'lon qilingan edi.

26 yoshli Morata 2017 yilning yozida 66 mln. evro evaziga "Real"dan "Chelsi"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS