Montoyaga “Roma”, “Tottenxem” va “Liverpul” klublari qiziqishmoqda

29 dek 2013, 09:39
2014 yilning yozida shartnomasi tugaydigan “Barselona” himoyachisi Martin Montoya, yevropaning bir nechta top-klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Agar futbolchi etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmayotgani uchun “Barsa” bilan shartnomani uzaytirishni istamasa, unda erkin agent sifatida “Roma”ga, “Tottenxem”ga yoki “Liverpul”ga o'tishi mumkin. Montoya yanvardan boshlab ushbu klublar bilan muzokara olib borishi mumkin.


Manba: soccer,ru