Montella: “Umid qilamanki, “Sevilya”ga “Roma” ro'baru keladi”

15 mar 2018, 23:53
“Sevilya” bosh murabbiyi Vincenco Montella YCHL chorak finalida “Roma” bilan to'qnash kelish istagida ekanligini yashirmadi.

“Biz ajoyib stadionda “Manchester Yunayted”ni mag'lub etib, muhim natijaga erishdik. G'aroyib kecha bo'ldi. Keyingi bosqichda xayolan “Bavariya” bilan to'qnash kelayotgandekman, ammo “Roma” bilan kuch sinashsak yaxshi bo'lardi. Eusebio Di Franchesko mening do'stim”, deya Montellaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

Takidlash joizki, Montella “Roma”da futbolchilik faoliyatini bir necha yilini o'tkazgan, keyinchalik yoshlar va asosiy jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta Dello Sport