

Uchrashuvdan so'ng jamoaning futbol bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush parijlik futbolchilarni g'alabaga iroda yo'qligida aybladi. Neymar va Markinos esa ushbu fikrga qo'shilmagan. Braziliyaliklar Kampush bilan baland ohangda tortishgan. PSJ sardorlaridan biri Presnel Kimpembe vaziyatni bartaraf etishga urinib ko'rdi va futbolchilar birlashishi lozimligini aytdi.
Qolaversa, Neymar o'yin davomida jarohatlangandi. U o'yin davomida jamoadoshlarini tanqid qildi. Eng ko'p dakkini braziliyalik yosh hujumchi Ugo Ekitike qabul qilib oldi.



