"Monako" Emboloning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
14 iyul 2022
"Monako" Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Brel Emboloning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, klub 25 yoshli shveytsariyalik bilan 12,5 million evro evaziga shartnoma imzolaydi.

Futbolchi tez orada o'tishni yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. O'yinchi bilan shartnoma muddati haqida ma'lumot berilmagan.

Embolo o'tgan mavsum "Borussiya" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi. Transfermarkt forvardni 15 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal