"Monako" "Borussiya"ga qarshi bahsni shanbaga ko'chirmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2017, 13:14
"Monako" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi Chempionlar ligasining 1/4 final ilk uchrashuvini boshqa kunga ko'chirishni so'rab, UEFAga murojaat qildi.

Oldinroq dortmundliklar avtobusi oldida portlashlar yuz berdi. Shu sabab tufayli bahs 12 aprelga ko'chirildi. "Monako"dagilarning fikricha, voqeadan so'ng keyingi kun o'ynash noto'g'ri.

Aloqalar bo'yicha monegasklar direktori Bruno Skropeta UEFAga uchrashuvni shanbaga ko'chirish borasida xat yubordi. Javob tushlikdan so'ng e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, portlash oqibatida "Borussiya" himoyachisi Mark Bartra jarohatlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe