Modrich: "Tottenxem"ga qaytish uchun qarilik qilaman"

Mirjalol Normatov
26 okt 2020, 00:50
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "qirollik klubi"dan keyingi faoliyati qanday bo'lishi haqida gapirdi.

"Tottenxem"ga qaytish uchun qarilik qilaman. "Real" bilan bir yillik shartnomam qoldi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.

O'zimni juda yaxshi his qilyapman va yana bir necha mavsum faoliyatimni davom ettirmoqchiman. Hozirda bor e'tiborim "Real"ga qaratilgan.

Ushbu mavsum yakuni arafasida rahbariyat bilan gaplashib olaman. O'shanda qabul qilinadigan qaror barcha uchun yaxshi bo'ladi va muammolar keltirib chiqarmaydi", - dedi Modrich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo