Modrich "Real" bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
22 apr 2021, 14:05
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich "qaymoqranglilar" bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda "blankos" prezidenti Florentino Peres El Larguero nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Modrich 2012 yildan beri "qaymoqranglilar" sharafini himoya qiladi. 35 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, "Real" shuningdek "Bavariya" himoyachisi David Alabaning ham transferini hal qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Larguero