Modrich Mbappening "Real"ga transferi borasidagi ma'lumotlarga izoh berdi

Alisher
14 apr 2021, 15:50
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "qirollik klubi"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Jurnalistlar o'yinchilarning transferlari haqida mish-mishlar tarqatishni yaxshi ko'rishadi. Kilian hoziroq dunyoning eng kuchli o'yinchilaridan biridir. U o'z klassini PSJ va Fransiya terma jamoasida isbotladi.

Klubimiz doim yulduzli o'yinchilarni quvonch bilan kutib oladi, ammo mavsum avjida, shu sabab biror narsani taxmin qilish to'g'ri emas. Ozgina kutish kerak deb o'ylayman", - deydi xorvat.

Oldinroq, Mbappe "Real"ga o'tishi sabab Parij grandi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal