

37 yoshli xorvat unga taklif qilingan juda yuqori maoshga qaramay, Saudiya Arabistoni klubi bergan shartnomani rad etdi. Futbolchi "Real"da baxtli va Madrid jamoasidan yaqin vaqtlarda ketmoqchi emas.
Modrich "Real"da 2012 yilning avgustidan beri o'ynaydi. U 2022/23 yilgi mavsum "qaymoqranglilar" safida 19ta o'yinda 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Oldinroq, "Al-Nassr"ga Modrichning "Real"dagi sobiq sherigi Krishtianu Ronaldu o'tgan edi.



