"Mixed Zone". Farruh Sayfiev: "Katanetsning nima istayotganini 80-85 foiz tushunib olganmiz"

Iskandarov Abdulaziz
16 noya 2022, 23:33
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvida Qozog'istondan ustun keldi (2:0).


Mazkur uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz safidagi tajribali futbolchilardan biri Farruh Sayfiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Yaxshi va qiziqarli o'yin o'tdi. Qozog'iston bilan 15 yillik tanaffusdan keyin uchrashdik. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Rossiya bilan uchrashuvga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Bu terma jamoa bilan ilk bor to'qnash kelamiz. G'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

Srechko Katanets birinchi o'rinda orqa chiziqda xato qilmaslikni, gol o'tkazmaslikni istamoqda. O'ylaymanki, murabbiyning ko'rsatmalarini yaxshi bajaryapmiz. Uning falsafasini ancha tushunib oldik. 80-85 foiz nima istayotganini bilib olganmiz",- deydi Farruh Sayfiev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia