Misrlik milliarder APL klubini 220 mln evroga sotib olishga yaqin

Eldor Akmurzayev
29 okt 2020, 20:40
Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, misrlik Muhammad El-Kashashi “Byornli”ni 220 mln evro evaziga sotib olishi mumkin. El-Kashashi allaqachon “Byornli”ning amaldagi prezidenti Maykl Garlik bilan klubni sotib olish borasida dastlabki kelishuvni imzolagan.

Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo bu amalga oshishi uchun APL rahbariyatining ruhsati ham kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, “Byornli” Angliya chempionati 5-turidan so'ng, 1 ochko to'plagan holda jadvalda oxirgi o'rinda turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mirror