“O'yinga jiddiy tayyorlangandik. Bugun bayram qilmoqchi edik. Muxlislarga Jahon chempionatini mana shu o'yindan keyin tuhfa etmoqchi bo'lgandik. Lekin maqsadga erisha olmadik. Nima bo'lganda ham hayot davom etadi. Hali oldinda pley-off o'yinlari bor. Shu o'rinda muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Ularni ranjitib qo'ygan bo'lishimiz mumkin”, - deydi Mirjalol Qosimov.
- Endi oldinga qo'yilgan maqsadar nima?
- Oldinda hali yana o'yinlar bor. Hali rejalar haqida o'ylab ko'rishga vaqtimiz bo'ladi. Bu haqida hozir o'ylash ham og'ir.
- Tannaffusda yigitlarga qanday sehrli so'zlarni aytdingizki, o'yin butunlay o'zgarib ketdi?
- Sehrli so'zlarni bilganimda biz allaqachon jahon chempionatida bo'lardik. Men qandaydir alohida so'zlarni ishlatganim yo'q. Shunchaki ikkinchi bo'limdagi o'zgrishlar ish berdi va biz o'z o'yinimizni namoyish eta oldik.
- O'yindan oldin Koreyaning yutqazish variantini hisobga olib, imkon qadar ko'proq gol urishni vazifa qilib qo'yganmidingiz?
- Biz imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etish va ko'proq gollar urishni vazifa qilib qo'ygandik. Lekin Koreyaning yutqazishi yoki boshqacha natijalar ehtimoliga qarab taktika tanlanmagandi.
- Futbolda maydondan tashqarida ham JCHga chiqish uchun kurash olib boriladi. Hakamlar o'zgartirilyapti, o'yin vaqtlari... Shular ham ta’sir etdi deb o'ylasizmi futbolchilarga?
- Futbolchilarga bunday narsalar ta’sir etishi kerak emas, menimcha.
- Jamoamiz oldida kamida ikkita pley-off o'yinlari turibdi. Orada hali ko'p vaqt bor. Jamoada qandaydir o'zgarishlar bo'ladimi?
- Ha, albatta. O'sha vaqtda kimning jismoniy holati yaxshi bo'lsa jamoaga jalb etiladi. Bizda yaxshi, yosh futbolchilar etarlicha. Ularni ham MTJga jalb etishimiz mumkin.
- 5-raundda kim bilan o'ynashni xohlardingiz?
- Kim bilan tushishni uchalik ham ahamiyati yo'q. Kim tushishiga qarab, raqibni o'rganib chiqishni boshlaymiz va unga qarshi tayyorgarlik olib boramiz.