

- Milliy tyerma jamoamiz saralash o'yinlarida ishtirok etishi sababli o'yin amaliyoti biroz yetishmadi. Shundan biz qo'rqqandik. O'yinga keladigan bo'lsak, "Paxtakor" ham yigitlarim ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Eng kyeraklisi, natijadan qoniqdim. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Ochko esa suv va havodek muhim edi. O'tgan 4 o'yin davomida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayotgandik. "Paxtakor" nomdor jamoa, qolavyersa, kelajagi porloq yoshlar yetishib chiqadi. Ular yaxshigina qarshilik ko'rsatishdi. Biz esa eng kyeraklisi - natijaga erishdik. O'yin esdan chiqadi, natija qoladi. Qolavyersa, mavsum yakuni, barcha charchagan, asabiy. Yigitlar esa shunga qaramay turib byera olishdi. Shu boisdan o'yindan ham natijadan ham qoniqdim desam bo'ladi. Fursatdan foydalanib, shu yerga kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorlik bildiraman.
- O'zingiz aytgansiz, mavsum yakunidagi o'yinlarda futbolchilarda "jamadon kayfiyati" bo'ladi. Shunday paytda futbolchilarni ruhan va jismonan tayyorlash qanday kechadi?
- Bunga jiddiy qarash kyerak. Xavotirga solgan narsa - ikki haftalik tanaffus ham yigitlarni ritmdan chiqarishi mumkin. Siz aytayotgan narsa ruhiy holatga bog'liq. Birinchi davrani oxirgi o'yinidan keyin bir oy damga chiqqandik. O'shanda Qarshida "Qizilqum"ga yutqazgandik, shunda ko'p narsalar ko'ringandi. O'shanda ayrim futbolchilardagi "jamadon kayfiyati" ta’sirini o'tkazgandi. Ha, bu kichik detal sifatida ko'rinishi mumkin, lekin bu ham o'z ta’sirini ko'rsatadi, shuningdek, xis-hayojon ham. Bir vaziyatni eslasak, o'shanda Javohir oddiy holatda xato qilgandi. Biroq u bunday xatolar qilmasdi. Unga hayajonlandingmi, deb savol byerdim. O'sha paytda uning hayajonlangani ko'ringandi.
- OKMK bosh murabbiyi bo'lganingizdan byeri ilk marta "Paxtakor"ni ikkala o'yinda ham mag'lub qildingiz. "Paxtakor"ni yuta olish immuniteti shakllandimi?
- Yo'q, bunday deyish kyerak emas. Statistikaga qaramaslik kyerak. O'tgan yili "Paxtakor" maydonida 2:1 hisobida mag'lub bo'layotganimizda Ruben raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borgandi, lekin gol ura olmagandi. Bu futbol. Aytyapman-ku, o'tgan 4 o'yinda juda ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin bulardan foydalana olmadik. Oxirigacha kurashdik. "Neftchi"dagi o'yinda esa standartdan gol o'tkazib yubordik, vaziyatlarimizdan gol ura olmadik. "Olimpik" bilan o'yinda esa 4-5ta yaqqol vaziyatlar bo'ldi. Xursand qiladigan narsa, oxirigacha kurashyapmiz. Muxlislar esa bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Yutqamaydigan jamoaning o'zi yo'q. Lekin o'yinni oxirigacha o'ynab qo'yishni yaxshi hislat deb o'ylayman.



