

-Murosasiz o'yinga mos tarzda jangovar durang qayd etildi. Buxoroga g'alaba uchun kelgandik. Umuman muxlislar bugungi bellashuvdan ko'proq zavq olishdi. O'yin oldidan tarkibimizda yo'qotishlar bor edi. Komilov va Sobirxo'jaev maydonga tusha olishmasdi. Qolaversa, o'yin davomida Javon Ibrohimov va Mirg'iyos Sulaymonov ham jarohat olib, muddatidan oldin maydonni tark etishdi. Bu albatta o'yinimizga ta’sir ko'rsatdi. Shunga qaramay yigitlar oxirigacha harakat qilishdi. O'ylashimcha, safarda bir ochkoni qo'lga kiritish ham yomon natija emas,-dedi Mirjalol Qo'shoqovich.



