Mircha Luchesku: "Yuventus" Chempionlar ligasi finaliga qadar bora oladi"

Tolibjon Qosimov
6 sen 2013, 12:35
"Shaxter" bosh murabbiyi Mircha Luchesku "Yuventus"ni bu mavsum katta natijaga erisha olishiga ishonmoqda.
"Yuventus" shundoq ham kuchli jamoa. Teves kelganidan so'ng yanada kuchayishdi.

Konte - Turindagi faoliyati davomida ajoyib natijalarga erisha oldi. O'ylashimcha, bu yil "Yuventus" Chempionlar ligasi finaliga yetib bora oladi", - deydi Luchesku.

O'tgan mavsum Turin klubi YCHL chorak finaliga qadar yetib borgan va musobaqaning bo'lajak chempioni "Bavariya"ga yutqazib qo'ygandi (0:2, 0:2).

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru