Mircha Luchesku: "Men uchun chempionlar ligasi – bayram"

Narzulla Saydullayev
1 okt 2013, 18:49
"Shaxter" ustozi Mircha Luchesku YCHL 2-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– Men uchun chempionlar ligasi – bayram. Bu o'yinlarni doim sabrsizlik bilan kutaman. "Shaxter" bosh murabbiyiga aylanganimdan so'ng Doneckka Yevropaning bir qator grandlari keldi. Faqat to'rtta grand hali bu erga kelmagandi: "Manchester Yunayted", "Real", "Bavariya" va "Liverpul". Bulardan biri ertaga "Donbass Arena"da o'ynaydi. Buning uchun biz musobaqadagi yurishimizni davom ettirishimiz kerak. Barcha kutayotgan bayramni futbol maydonida ham ko'rsatishimiz kerak. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net