Minole: "Nyukasl"ga qarshi bahsda "Liverpul" g'alabaga munosib edi"

Aslanov Jasurbek
2 okt 2017, 16:41
"Liverpul" darvozaboni Simon Minole "Nyukasl"ga qarshi APLning 7-tur uchrashuvi (1:1) natijasidan norozi.

"Natijadan ko'nglimiz to'lmadi. Sodir bo'lganni tahlil qilishdan boshqa ilojimiz yo'q. Yaxshi o'ynadik, g'alabaga munosib edik. "Liverpul" ko'plab vaziyatlar yaratdi, ammo gol ura olmadi.

Terma jamoalar tanaffusidan so'ng bizni "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs kutib turibdi. Bu yirik to'qnashuv, ammo unga kuchliroq bo'lib boramiz va g'alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Minole.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com