Milner "Liverpul"ni tark etishga yaqin. Klopp vaziyatga oydinlik kiritdi

Sherzod Nurmatov
22 apr 2023, 17:57
Tajribali futbolchi oxir-oqibat baribir "Liverpul"dan ketadigan ko'rinadi.

Bosh murabbiy Yurgen Klopp futbolchi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

Milnerning amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Ayni paytda klub shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazmayapti.

Shu bilan birga, Klopp tajribali futbolchining yangi shartnoma imzolashini xohlayotgani haqida mish-mishlar tingani yo'q. Germaniyalik mutaxassis mazkur holatga yana bir bor to'xtalib, unda aniq ma'lumotlar yo'qligini bayon qildi.

"Hech qanday yangilik yo'q", – dedi "qizillar" ustozi jurnalist Fabricio Romanoga bergan izohida.

Shunday qilib, 37 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan xayrlashishiga oid belgilar kuchaymoqda. Milner jamoada 2015 yildan buyon to'p tepadi va shu kungacha 324 ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano