Millatlar Ligasi. Italiya niderlandlar bilan durang o'ynadi, Polsha guruh yetakchisiga aylandi

15 okt 2020, 02:11
UEFA Millatlar Ligasining 4-tur bahslari davom etadi.

Turnirning A ligasi 1-guruh jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar nihoyasiga etdi. Italiya va Niderlandiya termalari o'zaro durangga imzo chekkan bo'lsa, o'z maydonida Bosniyani qabul qilgan polyaklar yirik hisobda zafar quchdi. Ushbu g'alabadan keyin ochkolari sonini 7 taga etkazib olgan Polsha terma jamoasi guruh yetakchisiga aylandi.

Turnir jadvali

Italiya – Niderlandiya 1:1 

14 oktyabr, 23.45, Adzurri d′Italiya

Gollar:

1:0 – 16 Pellegrini, 1:1 – 25 van de Bek.

Italiya – Donnarumma, Spinaccola, D`Ambrozio, Kellini, Bonuchchi, Barella, Jorjino, Pellegrini (Florenci, 72), Verratti (Lokatelli, 56), Keza (Kin, 55), Immobile.

Niderlandiya – Sillessen, Xatebur, van Deyk, Ake, Blind (Veltman, 77), de Yong, van de Bek, Veynaldum, de Vrey, de Yong, Depay (Babel, 90).

Ogohlantirishlar:

Verratti (23), D`Ambrozio (80), Kin (90).

Polsha – Bosniya va Gertsegovina 3:0 

14 oktyabr, 23.45, Gorodskoy stadion

Gollar:

1:0 – 40 Levandovski, 2:0 – 45 Linetti, 3:0 – 52 Levandovski.

Polsha – Shchensniy, Glik, Bednarek, Kendzera (Bereshinski, 72), Reca, Yuzvyak (Karbovnik, 72), Grosicki (Kondzer, 64), Linetti, Guralski, Klix (Piontek, 64), Levandovski (Milik, 58).

Bosniya va Gertsegovina – Shexich, Kolashinac, Cipetich, Sanichanin, Axmedxodjich, Pyanich (Xadjikadunich, 32), Xadjiaxmetovich (Xayradinovich, 74), Vishcha (Goyak, 58), Cimirot, Krunich (Miloshevich, 73), Djeko (Prevlyak, 58).

Ogohlantirishlar:

Pyanich (15), Klix (20), Bednarek (36), Kolashinac (44), Xayradinovich (83).

Chetlatish:

Axmedxodjich (14).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia