Millatlar ligasi. Islandiya yana yirik mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi

12 sen 2018, 01:56
Millatlar ligasining 2-turida Islandiya futbolchilari o'z maydonlarida Belgiyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuvda Eden Azar 29-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib Romelu Lukaku oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 81-daqiqada MYU hujumchisi o'z hisobiga “dubl” rasmiylashtirda va jamoasining yirik g'alabasini taminladi -0:3.

Belgiya terma jamoasi o'z guruhida Islandiya va Shveytsariya termalari bilan kuch sinashadi. 1-turda shveytsariyaliklar ham Islandiya terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etgandi. Ayni paytda ushbu guruhda Belgiya va Shveytsariya hisobida uchtadan ochko mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia