Milik va Gulyam mashg'ulotlarni boshlashdi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2018, 00:58
“Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik hamda himoyachi Fauzi Gulyam jarohatlaridan forig' bo'lib, jamoa mashg'ulotlariga qaytishdi.

Neapolliklar ikkinchi davradan kuchli tarkib bilan o'ynay boshlashadi. Bundan hammadan ham “Napoli” bosh murabbiyi Mauricio Sarri xursand bo'lyapti. 

“Jamoamiz muxlislari uchun ajoyib yangilik! Milik va Gulyam jarohatlaridan forig' bo'lishdi. Ular mashg'ulotlarni boshlashadi”, – deya bosh murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Napoli” klubi rasmiy sayti.

Ma'lumot uchun, Arkadiush va Fauzi jarohat sabab mos ravishda 4 hamda 2 oy davomida “Napoli”ga yordam bera olishmadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif