

“Men Berluskoni va uning Fininvwest kompaniyasida menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. “Milan” buyuk tarixga ega bo'lgan dunyodagi eng mashhur jamoalardan biri. Biz jamoani yangi cho'qqilarga olib chiqish yo'lida ilk qadamni tashladik.
Ishontirib aytamanki, kelgusida qadamba qadam biz bu jamoani avvalgi mavqeiga qaytaramiz”, deya ta'kidladi Yonxong.
Kelishuv summasi 740 millin evroni tashkil qilgan aytilmoqda. Ushbu mablahdan 220 millioni klubning qarzlarini yopishga, 90 million esa “Fininvest”ning bekor qilingan kelishuvlari uchun yo'naltiriladi.
Berluskoni “Milan”ni 31 yil mobaynida boshqarib keldi. Ushbu vaqt davomida klub Italiya va Yevropa maydonlarida 29 ta sovrinni qo'lga kiritdi.



