"Milan" Yashari transferini hal qildi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025
"Milan" rahbariyati "Bryugge" bilan shveytsariyalik yosh yarim himoyachi Ardon Yashari transferi borasida deyarli kelishuvga erishdi.

Insayder Sasha Tavolerining xabar berishicha, Milan klubi 23 yoshli futbolchining transferini hal etgan. U yaqin vaqt ichida "rossoneri"ga rasman kelib qo'shilishi kutilmoqda. 

Yashari "Milan" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Hozirda mutaxassislar yarim himoyachining transfer qiymatini 32 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ardon Yashari o'tgan mavsum "Bryugge" safida 52 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bungacha Yashari o'z vatanida "Luzern" klubida to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com