"Milan" vingeri A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2023, 16:07
Futbolchi individual mukofot oldi.

"Milan" vingeri Rafael Leau A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

O'tgan oy 24 yoshli portugaliyalik Italiya chempionatida 5 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

Lautaro Martines ham oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun kurashdi. "Inter" hujumchisi sentyabr oyida A Seriyaning 5 ta uchrashuvida 6 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: legaseriea.it