"Milan" "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan Jiruni yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
7 mar 2023, 13:14
"Milan" hujumchisi Olive Jiru Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi safar o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 36 yoshli forvard gripp bo'lib qolgani tufayli dushanba kuni "rossoneri" mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgan.

Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchi allaqachon tuzalib ketgan, biroq uning "shporlar" bilan o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

Jamoalar o'rtasidagi Milanda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuv mezbonlarning minimal g'alabasi (1:0) bilan yakunlangandi. Javob o'yini 8 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi va u Toshkent vaqti bilan 01:00 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport