"Milan" Tomorini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi ekanligini ma'lum qildi

Alisher
11 apr 2021, 10:23
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Chelsi"dan ijaraga olingan himoyachi Fikayo Tomorini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.

"Biz Fikayodan juda ham mamnunmiz, u borasidagi rejamiz ma'lum. Biz uni o'z tarkibimizda saqlab qolishni xohlaymiz. Ko'ramiz, "Chelsi" bilan muzokaralar qanday bo'larkin", - deydi Pioli.

Tomori "Milan"ga 2021 yilning yanvarida ijara asosida o'tgan edi. 23 yoshli futbolchi "rossonerilar" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt Fikayoni 20 million evroga baholagan.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano