"Milan" tarkibni shveytsariyalik hujumni bilan to'ldirmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025, 18:42
"Milan" "Monako" hujumchisi Brel Emboloni safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda Janluka Di Marcio ma'lum qildi.

"Rossoneri" hujumni kuchaytirish niyatida. Emboloning monegasklar bilan shartnomasi yana 1 yil amal qiladi.

Embolo o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 29 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com