"Milan" Taremiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
5 apr 2022
"Portu"ning eronlik hujumchisi Mexdi Taremi "Milan" e'tiborini tortdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "rossonerilar" kelasi yozda forvardni xarid qilish haqida o'ylamoqda.

Qayd etilishicha, Portugaliya klubi o'z hujumchisi uchun kamida 20 million evro so'raydi, biroq "Milan" bu kelishuvga buncha pul sarflashni rejalashtirmayapti.

Taremi joriy mavsumda "Portu" safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Record