"Milan" sobiq futbolchisi: "Ikardi kelasi yil "Real"da o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 18:36
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi 2018/19 yilda "Real" sharafini himoya qiladi.

Bu haqda "Milan" sobiq futbolchisi Daniele Massaro ma'lum qildi.

"Ikardi kelasi yil "Real" sharafini himoya qiladi, u Benzema o'rnini egallaydi" - deydi Massaro.

"Inter"ning 24 yoshli hujumchisining shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi. "Real" o'tgan yili Ikardiga qiziqish bildirgan edi, biroq transfer amalga oshmay qolgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premium Sport