“Milan” Patrik Kutrone bilan shartnomani uzaytiradi

21 mar 2018, 07:24
Hujumchi uzoq vaqt Milanda qoladi.

Qayd etilishicha, “Milan” jamoa hujumchisi Patrik Kutrone bilan shartnomani 2023 yilgacha uzaytirishga kelishib oldi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning sentyabr oyida “Milan” hujumchi bilan shartnomani uzaytirib, uning maoshini oshirib bergan edi. Endi esa klub hujumchi bilan shartnoma muddatini uzaytiradi. Yangi shartnomaga ko'ra, hujumchi yiliga 1,1 million evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia