"Milan" muxlislari Origini xushlashmayapti

Sherzod Nurmatov
8 apr 2023
"Milan" muxlislari kecha "Empoli"ga qarshi o'yinda (0:0) hujumchi Divok Origiga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.

Belgiyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo o'zini ko'rsata olmadi. 70-daqiqada Origi o'rniga Olive Jiru tushdi, o'sha paytda muxlislar belgiyalik futbolchining harakatlaridan noroziliklarini baland ovozda bildirishdi.

"Milan" muxlislari joriy mavsum 27 ta o'yinda atigi 2 ta gol urgan futbolchining o'yinidan norozi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia