“Milan” Maykl Bredlini sotib olishga tayyor

Narzulla Saydullayev
7 okt 2016, 13:46
Italiyaning “Milan” klubi “Toronto” yarim himoyachisi Maykl Bredlini sotib olishga tayyor.

“Rossonerilar” AQSH terma jamoasi futbolchisini Italiyaga qaytarmoqchi. Avval 29 yoshli futbolchi Italiyaning “Kevo” hamda “Roma” jamoalarida to'p tepgan. O'tgan yili Bredli AQSHning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek Angliyaning “Suonsi” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. “Bolonya” Bredlini mavsum so'ngigacha ijaraga olishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football-italia.net