"Milan" Leau uchun 90-100 million evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2025, 17:30
"Milan" Rafael Leau uchun 100 million evrogacha pul ishlab olishni xohlayapti.

Avvalroq xabar qilinishicha, portugaliyalik vingerga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Alfredo Pedulla ma'lumotlariga ko'ra, "rossonerilar" 26 yoshli o'yinchi transferi uchun 90-100 million evro talab qilmoqda. Agar klubga bunday summa taklif qilinmasa, Leau qoladi – "Milan"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri u bilan ishlashdan xursand.

O'tgan A Seriya mavsumida Rafael 34 o'yin o'tkazib, 8 gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: alfredopedulla.com