"Milan" "Krotone" vingerini sotib oladi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2022, 01:58
"Krotone" vingeri Junior Messias "Milan"ning to'laqonli a'zosiga aylanishi mumkin.

Milanliklar futbolchini ijara shartnomasida ko'rsatilganidek 4,5 million evroga sotib olishni ko'rib chiqmoqda.

O'tgan mavsumda Messias "rossoneri" tarkibida ijarada o'ynab, 32 o'yinda 6 gol va 3 assist qayd etdi va chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio