Milan Kondogbia bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2015, 10:01
Milan Monako yarim himoyachisi Joffre Kondogbia bilan shartnoma shartlari borasida kelishib oldi.
Ayni paytda rossonerlar vice-prezidenti Adriano Galliani Monegasklar rahbariyati bilan transfer borasida muzokara o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi taxminan 30 million evro evaziga Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru