"Milan" Kessega yiliga 5 mln evro taklif qilmoqda

Alisher
25 iyul 2021, 08:38
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Milan klubi rahbariyati yangi shartnoma borasida kelishuvga erishish uchun 24 yoshli ivuarlik futbolchining agenti bilan uchrashishga tayyor.

"Milan" o'yinchining o'zi 6 mln evro olishni xohlayotgan bo'lsa ham, unga 5 mln evro va bonuslar taklif qilishga tayyor.

Kesse A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi. Xavbekning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano