“Milan” jarimaga tortiladi va...

8 noya 2018, 20:09
UEFA yaqin kunlarda “Milan” jamoasini moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun jazolaydi.

Italiya klubi 20 million evro jarimaga tortilib, Liga Yevropa bahslarida yangi futbolchilarini “zayavka”dan o'tkazishiga taqiq qo'yiladi, deya xabar bermoqda Football Italia nashri “La Republika”ga tayanib.

Bu sankciyalar jamoaning avvalgi qonunbuzarligi uchun qo'llaniladi. 

Eslatib o'tamiz, “Milan” iyun oyida xuddi shunday qonunbuzarlik bois Yevropa ligasi bahslaridan chetlatilgandi. Ammo Sport arbitraj sudi bu qarorni bekor qilib, jamoaning musobaqada ishtirokiga ruxsat bergandi.

“Milan” o'tkazilgan uchta turdan so'ng Yevropa ligasning G' guruhida peshqadam “Betis”dan bir ochko kam to'plab, ikkinchi pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia