"Milan" himoyachisi MYUga o'tishni rad etdi

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023, 17:46
Futbolchi klubini o'zgartirmoqchi emas.

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes "Manchester Yunayted"ga o'tishga qiziqmayapti. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchining rejalari o'zgarmadi – u hali ham "rossoneri"da o'ynashni xohlaydi. Shu bilan birga, MYU futbolchi uchun "qizil-qoralar"ga katta summa to'lashga tayyor.

Fransiyalik futbolchi 2019 yildan buyon "Milan" safida to'p tepadi. 25 yoshli fulbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Oldinroq "Milan" yarim himoyachisi "Nyukasl"ga o'tishga rozi bo'lgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: newsnow.co.uk